“Ma’naviyat marafoni“ tadbirlari doirasida Farg‘ona tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov mamlakatimizdagi islohotlar jarayonida kuchli ma’naviyat muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Bu yerda kutubxona, ijodkorlar xonasi, maqom, raqs, hunarmandchilik kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish imkoni mavjud. Ishtirokchilar Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Hide player controls
Hide resume playing