Myvideo

Guest

Login

Xurshid Davron. Ko'z o'ngimda bepoyon bog'lar

Uploaded By: Myvideo
1 view
0
0 votes
0

Хуршид Даврон. Кўз ўнгимда бепоён боғлар... / Xurshid Davron. Ko'z o'ngimda bepoyon bog'lar... * * * Ko‘z o‘ngimda bepoyon bog‘lar, Yaproqlarda tilla rang g‘ubor. Yaqinlashib qolgandek tog‘lar, Havo shunday tiniq, beg‘ubor. Shitirlagan kechki yomg‘ir ham, Tumanlarni quchoqlagan tong, Qop-qoraygan dalayu qir ham, Bari menga tanish, qadrdon. Daraxtlarda lovillar gulxan, Yuragimda uning tafti bor. Bog‘chadagi xazonlar bilan Uchib yurar kechagi bahor. Meni tashlab ketmoqchi do‘stni To‘xtatmoqchi bo‘lganday shu on Men jimgina qo‘lim cho‘zaman Yonayotgan gulxanlar tomon. Xurshid Davronning ilk kitobi “Qadrdon quyosh“ to‘plamidan. * * * Кўз ўнгимда бепоён боғлар, Япроқларда тилла ранг ғубор. Яқинлашиб қолгандек тоғлар, Ҳаво шундай тиниқ, беғубор. Шитирлаган кечки ёмғир ҳам, Туманларни қучоқлаган тонг,

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later