XURSHID DAVRON “AYOL VA MUHABBAT“ TURKUMIDAN * * * Bu dunyoda orzu qilish soatlari bor, Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida, Yashilgina sayhonlikda, o‘tlar ustida Hayratni quchoqlab yotganda. Bu dunyoda azoblanish soatlari bor, Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida, Yashilgina sayhonlikda, o‘tlar ustida Hasratni quchoqlab yotganda. Bu dunyoda sevish, sevilish soatlari bor, Ayniqsa, tunda, yulduzlar ostida, Yashilgina sayhonlikda, o‘tlar ustida Xayolni quchoqlab yotganda, Hayotni quchoqlab yotganda, Ayolni quchoqlab yotganda. 1976 “Shahardagi olma daraxti“ to‘plamidan. 1979 ХУРШИД ДАВРОН “АЁЛ ВА МУҲАББАТ“ ТУРКУМИДАН * * * Бу дунёда орзу қилиш соатлари бор, Айниқса, тунда, юлдузлар остида, Яшилгина сайҳонликда, ўтлар устида Ҳайратни қучоқлаб ётганда. Бу дунёда азобланиш соатлари бор, Айниқса, тунда, юлдузлар остида, Яшилгина
Hide player controls
Hide resume playing