Telegram kanal Instagram OBUNA BO'LING Shohrux Ummon Dil Yana yolg’on, yana o’sha so’zlar Toboro bora bora bu yuragim sevgidan muzlar Qiynalib o’ylab o'tirmay yana bahonalar Xohlasang oq yo’l, ochiq oralar Mana endi xohlaganingcha qil xatolar Bu xatolar hali o’zingga bo’lar jazolar Tuyg’ular ustiga to’kilar hazonlar Sevgimizning osmonida bugun to’zonlar San uchun yo’q endi hech qanday chegara Mani yuragim san uchunmas ijara Agar ketar bo’lsang unda qolib ketma Tushlarimda ham iltimos bezovta qilma Baribir bir kun kelib voz kechib ketasan Qachonlardir baribir unutilasan Yuragimdan o’zingni butkul olib ket Yolg’onlaring zanjirida mani uzib ket Qiynalar dil dil dil Sog’inchlardan yana og’riydi ko’ngil dil dil Og’riqlarga bardosh bermadingku dil dil dil Ne bo’lsa ham lekin unga baribir Baribir… (2x) Mayli, o’zing xohlaganingcha yashayver O’zing tanlagan yo’ldan to’xtamay ketaver Man sani ko’p bora qaytarishga urundim Oxiri bo’lmadi, ortimga chekindim Sani hayollaring o’zga bilan ovora Mani hislarim san uchun umuman begona Nega yuragimga o’zingni chizib ketting? So’ngra shuni bila turib mani tark etting Nima uchun shuncha azob bormidi qasding? Tobora bora bora oxiri bildimku asling Ilk bor uchratganimda farishta misol eding Nega bugun shayton vasvasalariga uchding? Man uchun dushmanimmisan yoki yaqinim? Bilolmadim, shu savol bermaydi tinim Qani edi o’chib ketsaydi xotiram Shuncha dilim og’ritganing, o’ldi hafsalam
Hide player controls
Hide resume playing