Jamoat xavfsizli Departamenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli tadbiri davomida Andijon viloyatining shahar va tumanlarida, aholi gavjum bekatlar hamda bozorlar atrofida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Ayrim qoidabuzar haydovchilar to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun YTH natijasida shikastlangan transportlar ortilgan avtokarvon shahar ko‘chalari bo‘ylab kezib yurdi. YTHning sabab va omillari tushuntirildi. Maqsad — yo‘llarda qoidabuzarlik va ko‘ngilsiz hodisalarga chek qo‘yishdir.
Hide player controls
Hide resume playing