“Yosh Dovud“ - bolalar uchun mo‘ljallangan original animatsion serial bo‘lib, shoh Dovudning bolalik davri haqida hikoya qiladi. “Yosh Dovud“ multfilmida tarixdagi eng buyuk shohlardan birining voyaga yetish yillari tasvirlangan. Kelajakda u mashhur sarkarda bo‘lib, o‘zidan ulkan meros qoldirgan bo‘lsa-da, barchasini nimadandir boshlashi kerak edi. Serial Dovudning o‘smirlik davrida cho‘ponlik qilgan paytlarini, ya’ni lira, sopqon va qo‘ylar uning do‘stlari bo‘lgan vaqtlarini tasvirlaydi. Muqaddas Kitob mazmuniga asoslangan va Dovud duch kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab haqiqiy odamlar, joylar hamda voqealar bilan to‘ldirilgan har bir qism, Xudo o‘z qalbiga mos odam deb atagan Dovudning o‘ziga xos xususiyatlaridan biriga bag‘ishlangan. «Юный Давид» на узбекском языке «Young David» in Uzbek language Ishlab chiqarilgan yili: 2023 Mamlakat: USA Janr: multfilm Yosh: 0 Vaqt: 5 min
Hide player controls
Hide resume playing