Tibbiy abort, ikkita tabletka yordamida amalga oshiriladi. Birinchi tabletka — Mifepriston. Uning ta’sirini progesteron bilan to‘xtatish mumkin. Ikkinchi tabletka — Mizoprostol, baxtga qarshi uning ta’sirini to‘xtatib bo‘lmaydi. Sunday ekan, agar siz faqat birinchi tabletkani qabul qilgan bo‘lsangiz, uning ta’sirini to‘xtata olasiz. Buning uchun, sizga Progesteron yoki Utrojestan kerak bo‘ladi. Progesteronni, aptekalarda 2.5% foizlik kapsulalarda toppish mumkin. Utrojestan esa, 100 yoki 200 mg. lik kapsulalarda sotiladi. Agar sizda ukol qilish imkoni bo‘lsa, ampulalardagi yog‘li eritmadan foydalanishingiz mumkin. Agar ukol qila olmasangiz, dorixonadan Utrojestan sotib oling.
Hide player controls
Hide resume playing