Myvideo

Guest

Login

Шавкат Зулфикор - Ёшлигимни сотганман | Shavkat Zulfiqor - Yoshligimni sotganman (Official Music Video)

Uploaded By: Myvideo
733 views
0
0 votes
0

Begona yurtning sovuq, Ko'chasida yotganman Jaraq - jaraq pullarga Yoshligimni sotganman Esimda o'sha kuni Uydan olis ketganman Samaliyotdan tushganda Balog'atga yetganman Musofirning necha bor Sinovidan o'tganman Ish topya deb uzoq - uzoq Navbatimni kutganman Hammasi yaxshi deya O'zimni ovutganman Bo'g'zimdagi ko'zyoshni Ko'p ichimga yutganman Goho qo'limda kurak Gohida loy tutganman Musofirning noni sho'r Sho'rvasini totganman Alam bilan gohida Telefonni otganman Hech kimsaga bildirmay Ko'zyosh bilan yotganman Sovuq - sovuq qishlarning Sovug'ida qotganman Kunday chiqib shu zamon Quyosh bo'lib botganman O'n yil bo'ldi uyimdan Ancha olis ketganman Qurib ketgur pullarga Yoshligimni sotganman Begona yurtning sovuq, Ko'chasida yotganman Jaraq - jaraq pullarga Yoshligimni sotganman

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later