Tugab bitdi sevgimiz hikoyasi Zari yo'qning yo'q ekan himoyasi Shu ko'chada muhabbat nihoyasi Endi qaytib u ko'chaga bormayman Ko'nglimizga bitta tuyg'u bor edi Bilardimu ammo kechish or edi Tor ediyu ikkimizga zor edi Endi qaytib u ko'chaga bormayman Chang bosgan yomon ko'cha yomon ko'cha Mensiz bo'lgin omon ko'cha omon ko'cha Ichi to'la armon ko'cha armon ko'cha Endi qaytib u ko'chaga bormayman Sog'inch meni ming baloga boshlasa ham Panalarda ko'zlarimni yoshlasa ham Sevgi uni ko'rish uchun qiynasa ham Endi qaytib u ko'chaga bormayman Ichimdagi dardim tunga aytamanda Men ham ojiz muhtoj majnun bandamanda Borsam baribir ko'rolmasdan qaytamanda Endi qaytib u ko'chaga bormayman Chang bosgan yomon ko'cha yomon ko'cha Mensiz bo'lgin omon ko'cha omon ko'cha Ichi to'la armon ko'cha armon ko'cha Endi qaytib u ko'chaga bormayman
Hide player controls
Hide resume playing