Yaqin yillargacha turmushga chiqmagan qizlarning Rossiyaga ishlash uchun ketish hollari deyarli kuzatilmasdi. Ammo so‘nggi 4-5 yilda yosh-yosh o‘zbek qizlari tirikchilik uchun pul topish maqsadida Rossiyaga keta boshlashdi. Muhojirlikdagi ayollarning katta qismi 18-45 yosh oralig‘idagi erkak muhojirlar tomonidan nomusga tegish, zo‘ravonlik va firibgarlik kabi jinoyatlarga uchramoqda. Navoiylik Malika ham 18 yoshida Sankt-Peterburgga ishlashga kelgani, jinsiy tajovuz, zo‘ravonlik va aldov qurboni bo‘lganini aytadi.
Hide player controls
Hide resume playing