Fargʻona viloyatida katta shodiyona! “Yoshlar oyligi” ga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostidagi galakonsert Fargʻona shahri Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida boʻlib oʻtdi. Galakonsert yuqori harorat, tom ma’nodagi joʻshqinlik va yoshlar birligiga aylandi. Sahnada aytilgan Fargʻona yoshlarining shu kungacha erishgan yutuqlari, faol yoshlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar tadbir kayfiyatiga yana ham koʻtarinkilik berdi. Jahon arenalariga ilk bor kamondan oʻq otish sport turi boʻyicha koʻtarilgan sportchi qiz Ziyodaxon ham Fargʻona farzandi ekanligini bilish yigʻilganlar uchun juda katta faxr tuygʻusini uygʻotdi. Estradaning yorqin yulduzlari ishtirokidagi madaniy dasturda yigʻilganlar miriqib hordiq oldi. Galakonsert dasturi 50 mingdan ziyodroq aholini oʻzida jam qildi. © Fargʻona viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi
Hide player controls
Hide resume playing