Murodjonning oltini sabab kuchli sakkizlikdan joy oldik. Uch kun davomida Almadada Portugaliya Gran-prisi boʻlib oʻtdi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi AQSH dollarini tashkil etgan yilning ilk musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasining 11 nafar dzyudochisi ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. -73 kg vaznda kurashgan Murodjon Yoʻldoshev ushbu turnirda terma jamoamizning yagona oltin medalini qoʻlga kiritdi. Yoʻldoshevning yagona oltin medali sabab Oʻzbekiston Portugaliya Gran-prisida 41 davlat orasida kuchli sakkiztalikdan joy oldi. Bizdan yuqorida joylashgan Belgiya, Moldova, Braziliya va Xorvatiya terma jamoalarida ham bir nafardan chempion bor.
Hide player controls
Hide resume playing