Myvideo

Guest

Login

Garb maxsus xizmatlari Rossiyani muvozanatdan chiqarish uchun migratsiyadan foydalanyapti - Andrey Lugovoy

Uploaded By: Myvideo
1 view
0
0 votes
0

Davlat Dumasi deputatining fikricha, Gʻarb mamlakatlari migrantlarni “qayta dasturlab“, ularga “agressiv g‘oyalar“ singdirib, Rossiyaning milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan ekan. Lugovoy o‘z so‘zlarini isbot sifatida, 2,7 million noqonuniy muhojirning “Britaniya hukumati tomonidan Rossiyaga sizdirish uchun qo‘llab-quvvatlangani“ haqidagi statistikani keltiradi. Shuning uchun ham, uning fikricha, Moskvadagi Britaniya elchixonasining olti nafar diplomati “fosh qilinib, mamlakatdan chiqarib yuborilgan“. “Bizga MI-6 va Markaziy razvedka boshqarmasining “Rossiyani dekolonizatsiya qilish strategiyasi“ dasturi haqida ham ma’lum. Ushbu dasturning vazifalaridan biri milliy to‘qnashuvlarni keltirib chiqarish, hatto migrantlarning isyonini qo‘zg‘atishdir“, - deydi deputat. U “LDPR“ migrantlarning rusofobiya va huquqbuzarlik holatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha loyihani boshlash taklifini bildirdi. Shuningdek, fraksiya migratsiya masalalari bo‘yicha maxsus komissiya tuzish va mavzuni nazorat ostida ushlab turish niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi. Mutaxassislar bu kabi bayonotlar millatlararo adovatni kuchaytirishi va jamiyatda notinchlik keltirib chiqarishi mumkinligini aytadi. Gʻarb davlatlarini va migrantlarni ayblash orqali, o‘z mamlakatidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan diqqatni boshqa tomonga burishga urinish mumkin. Batafsil -

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later