QORIN CHURRALARI Qorin churrasi (hernia) deb, qorin bo’shlig’idan ichki a’zolarning qorin devoridagi tabiiy yoki sun’iy teshik orqali uning tashqarisiga, qorin pardasining ularni qoplab turadigan devor oldi varag’i bilan birga chiqishiga aytiladi. Qorin churralari tashqi va ichki bo’ladi. Tashqi churralarda ichki a’zolar qorinning oldingi devoridagi, chanoq, bel yoki dumba sohasidagi teshik orqali tashqariga chiqadi. Qorinning ichki churrasi qorindagi ichki a’zolarning qorin pardalariga va qorin bo’shlig’idagi ichak xaltalariga (bursa omentails, foramen Winslou, recessus ileocaecalis, intersigmoidcus), shuningdek diafragmaning tabiiy yoki orttirilgan teshiklariga chiqishidan iborat. Qorinning tashqi churralari – ko’p uchraydigan xastalik, churra bilan hamma aholining 3-4 foizi og’riydi. Eng ko’p chov churralari (75%), so’ngra son (8%), kindik (4%), operatsiyadan keyingi churralar (14%) kuzatiladi, churralarning qolgan formalari 1 foizn
Hide player controls
Hide resume playing