Assalomu alaykum qadrdonlar! Ushbu qat- qat bo'lib chiqadigan somsamiz uchun kerak bo'ladigan masalliqlar va tayyorlanish uslubini yozib qo'yayapman. Kerakli masalliqlar: Xamiri uchun: 800 gram un 300 ml iliq suv 1, 5 choy qoshiq tuz 200 gram margarin 50 ml salat yog'i 1 dona tuxum sarig'i Sedana Nachinka: 500 gram go'sht 2 ta kartoshka 4 ta piyoz 200 gram charvi yoki dumba Tuz Zira Kashnich Tayyorlanishi: Bismillahni aytib, Idishga unni elab solamiz va o'rtasini ochib iliq suvga tuz solib yaxshilab aralashtirib , unni ustiga solib o'rtacha yumshoqlikda xamir qoramiz. ( xamir qattiq bo'lib ketmasin ) Ustini sochiq yoki selafan bilan o'rab 20 minutga tindirgani qo'yamiz. Bu orada somsani nachinkasini tayyorlab olamiz . Go'shtni to'rtburchak qilib to'g'rab idishga solamiz , ustiga kartoshkani ham mayda yupqaroq to'rtburchak qilib to'g
Hide player controls
Hide resume playing