Tashakkur: Shox International Hospital SUBYEKTIV'da yana shifokorlar! 5 oy oldin “Nega shifokorlar pulga retsept yozadi?“ deb nomlangan surishtiruvimizni e‘lon qilgan edik, ammo surishtiruvimizdan so‘ng vaziyat battar chigallashdi va tibbiyot xodimlariga bo‘lgan bosim yanada kuchaydi. Negadir O‘zbekistonda faqat simptomlar bilan kurashishni yaxshi ko‘rishadi. Bugungi ko‘rsatuvimizdan ikkta narsani maqsad qilganmiz: birinchisi – xalqimizga tibbiyot xodimlari ichida o‘z ishiga vafodor insonlar borligini va ularning mehnati qanchalik mashaqqatliligini ko'rsatib berish.
Hide player controls
Hide resume playing