Bu sura ham Makka suralaridan bo'lib, bir yuz o'n oyatdan iboratdir. Surada kishilarning Tangri taologa bo'lgan iymon-e'tiqodlarini mustahkamlash uchun eng go'zal, ibratli qissalardan uchtasi so'ylab beriladi. Ulardan birinchisi «Ashobul-Kahf» qissasi bo'lib, unda zolim hokim istibdodidan dinu iymonlarini saqlab qolish uchun o'z jonlarini fido qilgan yigitlarning bir kahfga - g'orga panoh tortib kirishib, u joyda uch yuz yil qolib ketishgani haqida hikoya qilinadi. Suraning «Kahf»— «G'or» deb nomlanishiga sabab ham shudir. Ikkinchi qissa Muso va Xizir payg'ambarlar qissalaridirki, unda Muso alayhis-salomning ilm yo'lidagi xokisorliklari, Xizir alayhis-salomning boshqa payg'ambarlarga berilmagan g'oyibdan ogohlik ne'matiga muyassar bo'lganliklari to'g'risidagi lavhalar ilohiy qalam bilan bayon etiladi. Uchinchi qissada Alloh taolo marhamati bilan butun dunyoni o'z hukmida tutish sharafiga noil bo'lgan adolat va taqvod
Hide player controls
Hide resume playing