Myvideo

Guest

Login

55-Рамон (Rahmon surasi)

Uploaded By: Myvideo
1 view
0
0 votes
0

Bu sura Madinada nozil qilingan bo'lib, yetmish sakkiz oyatdir. U o'zining ilk oyatida Alloh taoloning Rahmon — Mehribonligini uqtirib, U zotning O'z bandalariga ko'rsatgan eng katta marhamati -- ularga butun hayotlari uchun dasturil-amal bo'lgan Qur'oni Karimni tushirgani ekanligini ta'kidlaydi. So'ngra koinotdagi eng katta sayyoralardan tortib, eng mayda zarragacha bo'lgan barcha mavjudot Tangri taolo tomonidap o'ta nozik hisob-kitob bilan yaratilgani va ulardan har biri o'z zimmasiga qo'yilgan vazifani bajarishda Yaratganga so'zsiz itoat etishi bayon qilinib, insonlar uchun ham o'zaro oldi-berdi muomalalarida adlu-insof bilan ish tutsinlar, deb mezon-tarozu barpo qilingani uqtiriladi. Bu surada mo'minlarga ato etiladigan jannat ne'matlari va kofirlarga ko'z tutib turgan do'zax azobi batafsil bayon etiladi va o'zga suralarda guvoh bo'linmagan bir uslub qo'llanib, Alloh taoloning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan har bir jumladan so'ng, ya'ni sura davomida o'ttiz bir bor insu-jinga qarab: «Bas, Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!» deb xitob qilinadi. Sura Tangri taoloning buyuk va barakotli zot ekanligini yana bir bor ta'kidlash bilan xotimalanadi.

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later