Myvideo

Guest

Login

Дурбек Хазратов - Бойми жоним | Durbek Xazratov - Boymi jonim

Uploaded By: Myvideo
1,147 views
0
0 votes
0

Bog‘ingizda o‘sgan anjir, anormidi? Cho‘g‘ bo‘lmasa yurakda ishq yonarmidi? Sevgan inson sevgisidan tonarmidi? Oshig‘ingiz holi endi voymi jonim? Biz bir g‘arib siz otasi boymi jonim? Menman sizdan umid uzib ketolmagan Siz yulduzsiz qo‘lim cho‘zib yetolmagan Go‘zallikda hech kim sizdan o‘tolmagan Husningizdan hijolat shu oymi jonim? Biz bir g‘arib siz otasi boymi jonim? Oymi jonim, oymi jonim, oymi jonim? Qo‘l yetmagan osmondagi oymi jonim? Boymi jonim, boymi jonim, boymi jonim? Biz bir g‘arib siz otasi boymi jonim? (2x) Bir bahona topib yo‘qlay uyingizdan Jon tasadduq aylonayin bo‘yingizdan Ichay desam bir piyola choyingizdan Tutganingiz zaharmi yo choymi jonim? Biz bir g‘arib siz otasi boymi jonim? Baho bermang o‘zingizga ortiqcha ko‘p Gul ham bir kun bo‘ladi-ku qovjirab cho‘p Osmondasiz yerga tushing maylimi xo‘p? Tollar o‘sgan ko‘chalariz loymi jonim? Biz bir g‘arib siz otasi boymi jonim? Oymi jonim, oymi jonim, oymi jonim? Qo‘l yetmagan osmondagi oymi jonim? Boymi jonim, boymi jonim, boymi jonim? Biz bir g‘arib siz otasi boymi jonim? (2x)

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later