Myvideo

Guest

Login

12-Юсуф (Yusuf surasi)

Uploaded By: Myvideo
1 view
0
0 votes
0

Bir yuz yigirma uch oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bo'lgan va payg'ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi suralardan biridir. Unda asosan Allohning payg'ambarlaridan Yusuf ibn Ya'qubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, og'a-inilari va begonalardan ko'rgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yo'liqqanlari, zindonband bo'lganlari... haqida va bunday og'ir ko'rgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulku xazinasiga ega bo'lganlari xususida so'z boradi. Bu sura Hud surasidan keyin — Muhammad alayhis-salom hayotlarining eng qora kunlarida — yaqinlari Hadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar tomonidan ozor-aziyatlar chekib qiynalib yurgan kezlarida nozil bo'lgandir. Go'yo Alloh taolo O'zining suyukli payg'ambariga va qolaversa, u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan baloyu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulmu zo'ravonliklariga sabr-qanoat qilib o'zlarining Haq yo'lidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay sobitqadam bo'lsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va toru tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazmu uslubida o'zgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam ahllari undan mutaassir bo'lib, she'ru dostonlar bitganlar, ulamolar esa, bu sura xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida «Yusuf surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan suralardandir», deyilgan bo'lsa, yana birida: «Har Qanday g'am-tashvishga botgan mahzun kishi Yusuf surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur», deyiladi.

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later