Myvideo

Guest

Login

Ovqatdan zaharlanish ortidan Sankt-Peterburgdagi restoranlarda reydlar otkazildi

Uploaded By: Myvideo
21 view
0
0 votes
0

Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanidagi restorandagi mijozlarning shifoxonaga tushishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov organlari IIB xodimlari va “Роспотребнадзор“ vakillari bilan birgalikda jamoat ovqatlanish sohasi va migratsiya bo‘yicha qonunbuzarliklarni aniqlash maqsadida shaharning 39 ta restoranida reydlar o‘tkazdi. Reydlar davomida 11 ta restoranda migratsiya sohasidagi qonunbuzarliklar aniqlangani xabar qilindi. Jumladan, 41 nafar xorijiy fuqaro aniqlangan, ulardan 39 nafariga nisbatan Rossiya Federatsiyasida bo‘lish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilgan. Ikki nafar migrantni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi hal qilinmoqda. Bundan tashqari, “Роспотребнадзор“ mutaxassislari 22 ta restoranda sanitariya-epidemiologik qonun hujjatlarini buzish holatlarini qayd etdi. “Aniqlangan qonunbuzarliklarni tasdiqlovchi materiallar keyinchalik tergov qilish uchun nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Shuningdek, uch nafar xorijiy fuqaroga nisbatan soxta hujjatlardan foydalanganlik uchun jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi“, deb yozmoqda mahalliy manbalar.

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later