#Ota-ona 🌺8. Taysala ibn Mayyos (r.a.) aytdilar: “Men Najda ibn Omir Xorijiyning ashoblari bilan bo’lib gunohlar qildim. Shularni o’zimcha katta gunoh deb hisoblab, Abdulloh ibn Umar (r.a.)ga borib Abdulloh ibn Umar (r.a.): “Bular katga gunoh emas, katta gunohlar to’qqiztadir, ular: Alloh taologa shirk keltirish, odamni o’ldirish, urush maydonidan qochish, afifa xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo, yetimlar molini yemoq, Alloh taoloning borligini inkor qilish, odamlarni masxara qilish, kamsitish, ota-onani xafa qilib yig’latish - mana shular katta gunohdir“, dedilar. Keyin Abdulloh ibn Umar menga qarab: “Ey, Taysala! Sen do’zaxdan qo’rqib jannatga kirishni xoxlaysanmi?“ - dedilar. Men: “Jannatga kirishni albatta xohlayman“, deganimda, u kishi: “Ota-onang tirikmi?“ - deb so’radilar. Men: “Otam vafot etgan, ammo onam borlar“, dedim. Abdulloh (r.a.): “Katta gunohlardan o’zingni saqlaganingdan keyin onangga qattiq gapirmasang, uning osh-ovqatini berib tursang, albatta jannatga kirasan“, dedilar
Hide player controls
Hide resume playing