Fotiha surasi (arabcha: سورة الفاتحة, nomining maʼnosi — Ochuvchi) — Qurʼonning 1-surasi. Makkiy suralardan biri, 7 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 1-sahifasida va 1-juzida joylashgan. 5-boʻlib nozil boʻlgan. Qurʼon nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan boʻlsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri — „Sabʼul-masoniy“, yaʼni „ikki bor nozil qilingan yetti oyat“ demakdir. Suraning oʻnga yaqin nomlari boʻlib, ulardan eng mashhuri „Fotiha“, yaʼni, „ochuvchi“ — suralarning joylashishi boʻyicha avvalida qoʻyilgani uchun unga shu nom berilgan. „Al-Hamdu“ soʻzi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda oʻzida mujassam etgani uchun „Ummul-Qurʼon“, yaʼni „Qurʼonning onasi“ nomi berilgan. Mazkur yet
Hide player controls
Hide resume playing