Bu perforatsiyaning sekin kechadigan turlaridan biri bo’lib, penetratsiyaning 3 bosqichi farq qilinadi: I – devorning hamma bo’limlari orqali o’tishi – devor ichi penetratsiyasi; II – qo’shni a’zo bilan fibroz qo’shilib ketish bosqichi; III – penetratsiyaning tugallanish va qo’shni a’zoga (kichik charvi, me’da osti bezi, jigar, ko’ndalangchambar ichak yoki uning ichak tutqichi, diafragma, taloqqa) kirishi. Penetratsiyaning o’ziga xos simptomlari og’riqning kuchayishi, uning doimiyligi, bel sohasiga, kurakka, bo’yinga (penetratsiya ro’y bergan a’zoga ko’ra) tarqalishi, qattiq, tungi og’riqlar, konservativ davolashning foydasi yo’qligi yoki kam naf berishidan iborat. Umumiy o’t yo’liga penetratsiya bo’lishi mumkin, u o’t pufagiga kamdan-kam kiradi. Bu holda biliodigestiv oqma yara hosil bo’ladi Подписывайтесь на нас в соцсетях: Фейсбук: Телеграм канал: Телеграм группа (для онлайн консультац
Hide player controls
Hide resume playing