Baqara surasi (arabcha: سورة البقرة, Sigir) Qurʼonning 2-surasi. Bu surada Muso alayhissalom qavmi orasida nomaʼlum shaxs tomonidan bir kishi oʻldirilganda, Alloh taolo bir sigir soʻyib, uning bir boʻlagi bilan oʻlikni ursinlar, deb buyuradi. Shu buyruqni bajarishganda murda tirilib, oʻz qotili kimligini aytib beradi. Shu sababli sura sigir nomi bilan atalgan. Bu Qurʼondagi eng yirik sura boʻlib, unda eʼtiqod (Islom mafkurasi), ibodat, muomala, axloq, nikoh, taloq va idda kabi masalalar bayoni bilan bir qatorda Muso alayhissalom, Firʼavn va Isroil avlodi oʻrtasidagi mojarolar oʻz aksini topgan.
Hide player controls
Hide resume playing