Myvideo

Guest

Login

Rus tilini bilmaydigan migrantlarning bolalari Rossiya maktablariga qabul qilinmaydi. Faqat...

Uploaded By: Myvideo
2 views
0
0 votes
0

Davlat Dumasi tegishli qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda darhol ma’qulladi. Endi qonun loyihasini Federatsiya kengashi ma’qullashi va prezident imzo qo‘yishi kerak. Shundan so‘ng qonun qabul qilinadi. 405 nafar deputat bir ovozdan «tarafdor» ovoz berdi. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ertaga bu taqiqni yana ikki o‘qishda ham darhol ma’qullashni taklif qildi. Spiker tanlab olingan monitoring ma’lumotlariga tayanib, o‘quv yili boshida migrant bolalarning 41 foizida rus tili bilan bog‘liq muammolar borligini ta’kidladi. Qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida parlament raisi Vyacheslav Volodin yana, birinchi o‘qishda bo‘lgani kabi, AQSH va Angliyani misol qilib keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarda ham maktablar va oliygohlarda o‘qish uchun davlat tilini bilish va kurslarni to‘lash talab qilinadi. Shuningdek, Volodin Rossiyaga kelishni istagan odamlar rus tilini o‘rganishi, qonunlarni bilishi va bolalarini shu talablarga tayyorlashi lozimligini ta’kidladi. Uchinchi o‘qishdan oldin Oleg Nilov Rossiya har doim migrantlarsiz ishni eplay olganini, Ivan Grozniy zamonidan boshlab shunaqa bo‘lganini va hozir ham eplay olishini aytdi: “Ivan Grozniy davrida Rossiya aholisi 10 millionga yetar-yetmas edi. Biror muammo bo‘lgani yo‘q, barchasini uddalashdi. Pyotr davrida aholi soni 15 millionga yetdi. 1812 yilda Rossiya aholisi 40 millionga yetgan edi. Biror narsa bo‘lmadimi? Parijgacha yetib borishdi. Buyuk Vatan urushi, 1941 yilda Rossiya aholisi 110 million edi. Shunday ekan, biz migrantlarsiz ham uddalaymiz, ayniqsa, til va madaniyatni bilishni istamaydigan migrantlarsiz.“

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later