Har bir inson cho‘qqilarni zabt etishi mumkin, hammasi faqat o‘zimizga bog‘liq! Klip qahramonlari kuch va mardlik timsoliga aylangan. Bular o‘z tajribasi va bilimlarini yosh sportchilar bilan baham ko‘rayotgan afsonaviy tennischi Iroda To‘laganova, 23 yoshida Xalqaro havaskorlik boksi uyushmasining (AIBA) versiyasi bo‘yicha “2016 yilning eng yaxshi bokschisi”ga aylangan Xasanboy Do‘smatov va bugunning boshqa buyuk sportchilari. Har bir kishi baland marralarga erishishi va afsonaga aylanishi mumkin, asosiysi – to‘g‘ri yo‘lni tanlash. Umidlar davri keldi. Ularni ro‘yobga chiqarish uchun eng yaxshi kun ham boshlandi. Bu – bugun!
Hide player controls
Hide resume playing