O'n bir oyatdan iborat bo'lgan bu sura Madinada nozil qilingandir. «Munofiqun — Munofiqlar» deb nomlangan bu sura ularning kirdikorlarini — tuban axloqlarini, yaramas sifatlarini, tillari bilan dillari boshqa-boshqa ekanligini va nihoyat ular ustlariga Islom to'nini kiyib olishib, odamlarni Islomdan to'sishlarini fosh etadi. Sura nihoyasida mo'minlarni dunyo ziynatlariga aldanib qolmaslikka va boshlariga o'lim kelib qolishidan ilgari Alloh taolo ularga ato etgan narsalardan infoq-ehson qilishga buyuriladi.
Hide player controls
Hide resume playing