Myvideo

Guest

Login

Кчадаги хофиз-мен зимни севаман...

Uploaded By: Myvideo
37 views
0
0 votes
0

Men o`zimni sevaman, menga o`zim yoqadi. Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi. To`nim kalta va lekin yo`qdan ko`ra shukr bor, Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor. Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman. Chap yuzimga urishsa, o`ngin tutib turaman. Yurak degan qabrga armonimni ko`mganman Mast ustida bolamga o`yin tushib berganman. Har tong qarab oynaga, deyman “mening g`amim yo`q“. Men sog`lomman, men zo`rman, tashvishim yo`q, kamim yo`q G`animlarim bor, lekin men ulardan qarz emas. Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas. Homush bo`lar ba`zilar sochin oqin sanashib, Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib. Tikan tikan, gul terdim, har narsa o`z holicha. Azizlarim, dunyoni - qabul qiling boricha. Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling: O`zingizni ozgina jinnilikka solvoling. Yashashga emas bizni, imtixonga tashlabdur. Pirim o`sha kovushsiz, devona-i Mashrabdur. Ko`ylagimni so`rashsa, to`nimni ham beraman. Tikanlarning ichidan gullolalar teraman. G`am so`zidan o`zimga shodlik so`zin yasayman Men s

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later