Myvideo

Guest

Login

Sevara Nazarkhan - Bir kam dunyo/Imbalanced world

Uploaded By: Myvideo
4 views
0
0 votes
0

Bir kam dunyo Gohida g‘am, goh quvonch, allaqanday tashvishlar, gohi gumon, goh ishonch qalb qafasin to‘ldirar. O‘zimizga ishonib, gohi birga bo‘lamiz, musibat yetgan chog‘da zaif titrab qolamiz. Bu hayot dengizida biz misoli tomchilar, har tomchi amalidan dunyo to‘ri to‘qilar. Bir kam dunyo... Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u unda birga turar. Bir kam dunyo! Bir kam dunyo!.. Yaxshilik va yomonlik mudom bahsin surar. Bir kam dunyo, sinovingdan o‘tishga har kim madad, najot tilar. Muhabbat - shirin og‘u. Ishq qo‘liga aylanib, bevafoning ahdiga goh qolamiz aldanib. Mashaqqatli bu hayot aslida bir muallim. Xom sut emgan bandalar, undan olmaymiz ta’lim. Baxt boylikka cho‘mganda yo‘qotamiz halovat, dunyo bir kamligiga hech qilolmaymiz toqat. Bir kam dunyo!... Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u unda birga turar. Bir kam dunyo!.. Sinovingdan o‘tishga har kim madad, najot tilar...”

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later