Ishonaman, aytganlaring samimiy Lekin birdek tutolmaymiz mayli rag’batni Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon Ammo o’sha olov bir kun so’nar begumon Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin Bir kun yerga shart uzilib tushmog’i tayin Yashash uchun qasamlarni unutish lozim Qasamlarki shosha pisha ichamiz doim Yolg’iz bitta rag’bat uchun yashamaymiz bas Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas Alvon-alvon suratida sevinch va qayg’u Bir-birini suvoradi, suradi yog’u Sevinch degan ko’rinadi qayg’uga qarab Qayg’uni ham sevinch bilan ishi yo’q sira Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir Yiqilganda do’stlaring ham yuzin o’girar Yuksalganda dushmanlaring do’st bo’lib turar Xo’sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu Kimki do’stdan bezor bo’lsa, uning do’sti mo’l Do’stga muhtoj bo’lib do’stni o’ylagan odam Oxir dushman qilib qo’yar yolg’iz do’stni ham Boshlagandim, o’sha gapga qayt
Hide player controls
Hide resume playing