10 yil oldin yuk tashuvchi, qurilishlarda usta yordamchisi bo‘lib ishlab yurgan Sharif, bugun Konsta taxallusi ostida O‘zbekistonning eng oldi repperlaridan biriga aylandi. Konsta O‘zbekistonlik loyihasidan, undagi taqdiri o‘ziga o‘xshash qahramonlaridan ilhomlanib, loyiha uchun saundtrek kuyladi. Qoʻshiq ijrochi muallifi: Konsta Pepsi koʻmagida Rejissyor: Rustam Meliev Gʻoya muallifi: Muxlisa Azizova Prodyuserlar: Oybek Abdushukurov, Nikita Makarenko Operator: Jahongir Ibragimov Muharrir: Azamat Murodov Montaj ustasi: Oxunjon Ubaydullayev Color grading: Sarvar Sobirov Rassom: Jamshid Ubaydullayev Liboslar boʻyicha rassom: Zilola Sobirova O’zgartirdim o’zimni, atrofim yoqmaganda, Foyda yo’q boshqalarni ayblab, o’zingni oqlagandan. Yillar o’tib o’rgandim - ko’p bilishga, intilishga, nimanidir xohlaganda Qaniydi menga ham kimdir shu gaplarni aytganda… Endi boshlaganda 16 yosh bo’lganda Ko’zim to’la yosh bo’lganda Ishon xali oqalanadi, barcha bu yo’qotilgan yillar soni, Seni qoningda jadidlar qoni. O'zing ham ishonmasang orzularing ushalmidi. O'zingga O'zing ishonmasang, hech kim ishonmidi! Xoxlasang ucha olasan, seni hech kim usha olmidi O'zing ko'taril! Yulduzlar oldingga tusha olmidi! Bilaman! Ahvol og'ir! Ha! Men ham o'tganman ko'changdan Meni ham jonimga tekkan, dimiqib, yutganmanku changdan Nima ham o'zgaradi lekin, qamalib o'tirsang uychangda Men kurashaman oxiriga, borim tikkanman bu jangda Kimsan! Qaysi makon tomon? O'zing qaerdasan? Qaytda honadon? Agar hammasi bo'sa yomon! Dunyoni o'zgartir, Boshlab shu xonadan Gapni cheki yo'q! Xoxlasang shu yerda qol! Boxona bor senga! Lekin yurganniki yo'l! Dunyodan haqqini ol Bu xona tor senga! Sen yolg’izmassan, orzuing bor seni Bekorchimassan, o’z mavzuing bor seni Aniq maqsad va makoning bor seni Harakat qilsang olov kabi qoning bor seni Sen yolg’izmassan, orzuing bor seni Bekorchimassan, o’z mavzuing bor seni Aniq maqsad va makoning bor seni Harakat qilsang olov kabi qoning bor seni Qaerda bo’lsamda, musofir yo talaba Men O’zbekistonlikman, qoninda g’alaba Bu meni qonimda har kuni intilish Sal ko’proq bilishga, ishni yaxshiroq qilish Bu meni qonimda yurish, mayli ba’zan qoqilish Yiqilsam yana turish, o’zimga kelajak qurish. Bu meni qonimda emas, kuni bilan nolish Kechagi kunda qolish, kurashmasdan tolish Bu meni qonimda emas yomonlik saqlab o’ch olish, Harom haq olish. Juda muhim eslab qolish. Sen yolg’izmassan, orzuing bor seni Bekorchimassan, o’z mavzuing bor seni Aniq maqsad va makoning bor seni Harakat qilsang olov kabi qoning bor seni Sen yolg’izmassan, orzuing bor seni Bekorchimassan, o’z mavzuing bor seni Aniq maqsad va makoning bor seni Harakat qilsang olov kabi qoning bor seni
Hide player controls
Hide resume playing