Myvideo

Guest

Login

Жалолиддин Ахмадалиев - Она ноласи | Jaloliddin Ahmadaliyev - Ona nolasi

Uploaded By: Myvideo
2,989 views
0
0 votes
0

Devorlarni ushlab yura boshlasam Gaplarim noto‘g‘ru qura boshlasam Kalayi-saharlab tura boshlasam Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam Choyimga bo‘ktirib yesam nonimni Xotining koyisa olmay yonimni Qiyin qiynoqlarga qo‘yma jonimni Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam Bolam, bolam, bolam Bolam ey, bolam (2x) Bir gapni o‘n marta qaytarib aytsam Nonga deb ketsam, non olmay qaytsam Bir kun sog‘, o‘n besh kun to‘shakda yotsam Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam Qimmat idishlaring sindirib qo‘ysam Ko‘rpamni quyoshga ildirib qo‘ysam Ustimdan hammani kuldirib qo‘ysam Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam Kelmasang o‘n marta qilsam qo‘ng‘iroq Qaydasan bolam deb xo‘p qilsam so‘roq Bilsang xavotirdan o‘lgan yaxshiroq Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam Mehmoning kelganda o‘tiraman jim Onang ekanimni bilmaydi hech kim Xonamga qamasang og‘riydi ko‘nglim Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam O‘ksib yig‘layversam hud-behuda Biron taom qumsab qolsam gohida To‘rdan go‘rim yaqin bo‘lgan chog‘ida Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam Mehmoning kelganda o‘tiraman jim Onang ekanimni bilmaydi hech kim Xonamga qamasa og‘riydi ko‘nglim Menga qovog‘ingni o‘yma jon bolam Aslo yolg‘izlatib qo‘yma jon bolam Bolam, bolam, bolam Bolam ey, bolam (2x)

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later