Myvideo

Guest

Login

Озодбек Назарбеков - Уйгон углим | Ozodbek Nazarbekov - Uygon oglim

Uploaded By: Myvideo
1,959 views
0
0 votes
0

Ozod o‘g‘lim, hur o‘g‘lim, Har oning huzur, o‘g‘lim. Shahdingdan kun yorishsin, Yuzi yorug‘ nur, o‘g‘lim. Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim! El bo‘lsa yigit joni, Sel kabi jo‘shar qoni. Vatan desa dunyoni Ikki chetga sur, o‘g‘lim. Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim! Nafs ipin uzar bo‘lsang, Baxt ichra suzar bo‘lsang, Bir esking buzar bo‘lsang, Avval o‘nta qur, o‘g‘lim! Bizning ilm maktabi, Bo‘lgan dunyo matlabi. Buxoriy bobong kabi Qilgin tafakkur, o‘g‘lim. Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim, G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim. Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim, Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim! Ulug‘bek osmonida Yulduz bo‘l, oy yonida. Beruniy ummonida Bo‘l marvarid, dur, o‘g‘lim! El koriga bo‘lsang shay, Seni kaftimda tutay. Bobong Manguberdiday, O‘zni tut mag‘rur, o‘g‘lim! Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim, G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim. Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim, Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim! Avlodning baxtga mosi, Ajdodlarga bo‘l xosi. Bibixonim momosi, Bobosi Temur, o‘g‘lim. Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim! Yo‘lingda qancha chohlar, Uyg‘onmasliging xohlar. Sen esa shunday chog‘lar Bo‘l qaytmas jasur, o‘g‘lim. Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim! Yasha yurtni sha’nim deb, Har yerin chamanim deb. Hayqirib: “Vatanim!”- deb, Et faxr-u g‘urur, o‘g‘lim. Biz - o‘tmish, sen - kelajak, Umring baxtga to‘lajak. O‘zginamning bo‘lajak Navoiy, Bobur, o‘g‘lim! Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim, G‘aflatdan yuz bur, o‘g‘lim. Bo‘l hammadan zo‘r, o‘g‘lim, Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim!

Share with your friends

Link:

Embed:

Video Size:

Custom size:

x

Add to Playlist:

Favorites
My Playlist
Watch Later